Ko’z yoshi nima

Ko’zlarimiz murakkab tizimdan iborat, u bizni tashqi dunyo bilan bog’lab turadi. Ko’z yoshi pardasi, yoki ko’z suyuqligi ko’zning me’yorida ishlab turishini ta’minlovchi muhim tuzilmalardan biridir. Meyorida bo’lgan ko’z yoshlari ko’z sathini to’liq qoplab oladi, uni namlantiradi, moylaydi va oziqlantiradi, nurning sinishida ishtirok etadi, shuningdek begona zarrachalarning chiqib ketishiga yordam beradi.

Ko’z yoshi nima:

Ko’z yoshi – bu ko’z yosh bezlari ishlab chiqaradigan tiniq, sho’rtang, ishqorli reaksiyas sust (ko’z yoshi rN me’yori 7,3-7,5)1 suyuqlik.

Mohyatan ko’z yoshi suyuqligi – murakkab biologik tizim bo’lib, ko’z sathida (muguz va kon’yunktivitda) moddalar almashinuvi me’yorida kechishi uchun, binobarin ko’zning salomatligi uchun zarur xilma-xil biokimyoviy reaksiyalarni va metabolik, immunologik hamda muvofiqlashtiruvchilik jarayonlarini hosil qiladi.

Ko’z yoshi bezlarining ishi tufayli ko’z yoshi suyuqligi doimiy tarzda ko’z sathini yuvib turadi, uning lozim darajada namlanishini, himoyalanishini va oziqlanishini ta’minlaydi. Sog’lom kishining kon’yunktivit qismida hamisha 6-7 ml ko’z yosh suyuqligi bo’ladi.

Ko’z yoshining tarkibi

KKo’z yoshining tarkibi murakkab: uning 98g’99% suvdan iborat, qolgan 1g’2% noorganik elektrolitlar va organik moddalardan iborat, ular kimyoviy xossalariga xilma-xildir. Ba’zi ko’rsatkichlariga ko’ra ko’z yoshi qon plazmasi tarkibiga yaqin.

Ko’z yoshi tarkibidagi noorganik moddalar – bu asosan, metall tuzlari (xloridlar, bikarbonatlar), shuningdek metall ionlaridan (natriy, kaliy va boshqa) iborat. Aynan noorganik komponentlar ko’z yoshi suyuqligidagi kislota-ishqor muvozanatini saqlaydi, elektrolitlar funksiyasini bajaradi, optimal rN ni ta’minlaydi.

Ko’z yosh tarkibidagi organik moddalar – asosan oqsillardan iborat. Ular himoya funksiyasini bajarib, mikrobga qarshi samara beradi (lizotsim, laktoferrin fermentlari), modda almashuv va yallig’lanishga qarshi jarayonlarda ishtirok etadi, mahalliy immunitetni ta’minlaydi.

Ko’z yoshi shuningdek uglevodlar (glyukoza), kislotalar, moylar va moysimon moddalardan hamda vegetativ asab tizimi mediatorlari: adrenalin, dofamin, A va S vitaminlar va b.dan tashkil topadi.

Ko’z yoshi murakkab tarkibgagina emas, balki murakkab tuzilmagan ham ega, u o’z ichiga 3 qatlam: lipid, suvli va mutsinli qatlamlarni oladi. Ularning har biri o’z vazifasiga ega.

  • Ichki, musin qatlami:
  • Muguzga ozuqa moddalarni yetkazib berish
  • Ko’z yosh pardasini barqarorlashtirish (muguz sathida ushlab turish)
  • Muguzning gidrofilligini va namlanishini ta’minlash
  • Muguzdagi notekisliklarni silliqlash
  • Tashqi, lipid qatlami:
  • ko’z yosh pardasini barqarorlashtiradi
  • Ko’z yoshi plyonkasini barqaror qiladi
  • aerozol infeksiyalar tushishidan asraydi
  • nur sinishi uchun silliq optik sathni yaratib beradi

V.V. Brzheskiy, G.B., Egorova, E.A. Egorov «Quruq ko’z sindromi va ko’z sirtining kasalliklari», Goetar-Media, 2016, 34-42 betlar.

Ko’z yoshining funksiyalari

Ko’z yoshi inson ko’zining sog’lig’ini saqlashda muhim rol o’ynaydi5:

Okulyar sirtni namlash funktsiyasi (shox parda va kon’yunktiva)

Himoya funksiyasi:

  • Lizotsim, laktoferrin va h.k. hisobiga mikrobga qarshi samara
  • Patogenlar va begona jismlarni mexanik chiqarib yuborish (yuvish)

Trofik funksiya:

  • Muguz va kon’yunktivlarni tuzlar, oqsillar, lipidlar bilan oziqlantirish
  • Kislorodni yetkazib berish

Optik funksiya:

  • Ko’z yoshi o’zidan o’tayotgan nurni sindirib, ko’zning optik tizimi qismi bo’lib hisoblanadi

Ko’z yoshi apparatining anatomiyasi

Insonning ko’z yosh apparati o’z ichiga ko’z yosh sekretor va ko’z yoshni chiqarib yuborish a’zolariga ega. Ko’z yosh sekretor a’zolari ko’z yoshini ishlab chiqaradi, ko’z yoshini chiqarib yuborish a’zolari esa – uni chiqarib yuboradi.

Ko’z yosh sekretor a’zolari

1) Ko’z yosh bezi suyak orbitasining yuqori-pastki chetida joylashgan bo’lib, yig’laganda ko’z yosh chiqaradi.

2) Qo’shimcha ko’z yosh bezlari kemirchak kon’yunktivida, kemirchak plastikasining chekkasi bo’ylab, qovoqlardagi ter va moy bezlari bilan birga joylashgan, ko’z yosh pardasini hosil qilishda ishtirok etadi.

Ko’z yoshni chiqarib yuborish a’zolari

1) yuqari va pastki ko’z yosh nuqtalari (ko’zning ichki burchagi), ularga ko’z yosh ko’lmakchasi ulanadi

2) yuqori va pastki ko’z yosh naychalari

3) ko’z yosh xatlasi

4) yangi ko’z yosh kanali, u burun kataklari teshiklari tomonga ochiladi

Oftalmologiya. Cho’ntak mos yozuvlar atlasi. Gerxard K. Lang. Ingliz tilidan tarjima V.V. Neroeva. Amaliy tibbiyot. Moskva. 2009 yil

1)Ko’z yosh sekretor a’zolari: ko’z yosh bezlari

Odamning ko’z yosh bezlari tug’ilganidan keyin tahminan 2 oy o’tib faoliyat ko’rsata boshqlaydi. Yosh o’tgan sari ko’z yosh funksiyasining so’nib borishi kuzatiladi. Asosiy va qo’shimcha ko’z yosh bezlari farqlanadi.

Asosiy ko’z yosh bezlari – juqt a’zo bo’lib, muguz va kon’yunktiv mexanik (begona jismlar, qo’zg’atuvchi kimyoviy moddalar bilan) ta’sirlantirilganda, shuningdek ruhiy-emotsional holatlarda (yig’laganda) reflektorli faollashadi. Qo’shimcha ko’z yosh bezlaridan farqli ravishda mutassil ko’z yoshini hosil qilib turishda ishtirok etmaydi. Aksincha, ko’z sathining doimiy namlanishi va oziqlanishi qo’shimcha ko’z yosh bezlari tomonidan ta’minlanadi.

T.o. ko’z yosh pardasining shakllanishida quyidagilar ishtirok etadi:

А) ko’z yoshining suvli qatlamini ishlab chiqaruvchi qo’shimcha bezlar

Б) lipid qatlamini ishalb chi qaruvchi meybomiy bezlari, shuningdek yog’ va ter mayda bezlari

В) mutsin ishlab chiqaruvchi bokalsimon hujayralar va Mans bezlari

YUqorida sanab o’tilgan barcha tuzilmalar asosan qovoqlar va kon’yunktivlar oralig’ida joylashgan.

2) ko’z yoshini chiqarib yuborish a’zolari

Ko’z yosh bezlaridan tashqari. ko’z yosh apparati tizimiga ko’z yoshni chiqarib yuborish a’zolari ham kiradi, ular ko’z yosh suyuqligini kon’yunktival bo’shlikdan chiqarib yuboradi. Zahiriy (tashqi) va ichki ko’z yoshni chiqarib yuboruvchi a’zolar ko’z yosh pardasini me’yor darajasida ushlab turishga yordam beradi.

Ko’z yosh a’zolarining kasalliklari

Ko’z yosh organlari kasalliklari xilma-xil tabiatga va oqibatlarga ega bo’lishi mumkin.

Ko’z yosh chiqarib yuboruvchi a’zolarning keng tarqalgan kasalliklariga 5 ta:

1) Dakriotsistit – bu ko’z yosh xaltasining yallig’lanishi buo’ilb, burun-yosh kanalining torayishidan kelib chiqadi. Odatda, bu bir tomonlama jarayon, o’tkir hamda surunkali xususiyatga ega bo’lishi mumkin, ko’proq yangi tug’ilgan chaqaloqlarda rivojlanadi.

2) Kanalikulit – ko’z yosh kanalining yallig’lanishi

3) Ko’z yosh xaltasining shishlari

Ko’z yosh ishlab chiqarish buzilishi bilan bog’liq kasalliklarning eng ko’p uchrab taradigani ta:

1) Quruq keratokon’yunktivit, boshqacha aytganda “ko’z qurishi” sindromi

2) Dakrioadenit – ko’z yosh bezining yallig’lanishi, o’tkir va surunkali tusda bo’lishi mumkin, ko’z yosh bezi sohasidagi og’riq bilan kechadi

3) Ko’z yosh bezining shishlari

Ko’z qurishi” sindromi – bu ko’z sathi kserozining (qurishining) komleks alomatlari bo’lib, ko’z yosh pardasining barqarorligi uzoq vaqt buzilishi oqibatida rivojlanadi4. U ko’z sathidan yuqori darajada bug’lanish yoki yetarli ishlab chiqarilmasligi sababli vujudga keladi.

Xatar guruhiga kontakt linzadan foydalanuvchilar, ofis xodimlari, ko’rsh yuklanmasi yuqori darajadagi kishilar (haydovchilar, geymerlar). 50+ yoshlilar va boshqa ayrim guruhlar.

Ushbu kasallikning asosiy simptomlari quyidagilar:

  • o’zga jism tushgandek hissiyot (85-100%)
  • ko’z yoshlanishi (engil KQS holatida 90%)
  • sovuqqa, issiqqa o’ta sezgirlik (58-100%)
  • har qanday tomsilarni tomizganda og’riq sezish (58% — 92%)
  • konditsionerlangan havoga, shamolga toqatsizlik (40-82%)
  • ko’z quriganini his qilish (KQS ning o’rta va og’ir darajasida 29-80%)
  • kechqurun ko’rish ziyrakligi yomonlashuvi, kun davomida ko’rish ziyrakligi tebranib turishi (28-86%)
  • YOrug’likdan qo’rqish (24-86%)

“Ko’z qurushi” sindromining vujudga kelishi, xatar omillari, rivojlanish xususiyatlari to’g’risida shu yerda o’qishingiz mumkin

Agar yuqorida keltirilgan shikoyatlardan birontasi yoki ayrimlari paydo bo’lgan bo’lsa, oftalmologga murojaat etish zarur, faqat u aniq tashhis qo’yishi va samarali davolash usulini tayinlashi mumkin.

Qanday ko’z tomchilari quruq ko’z sindromiga yordam berishi va noxush alomatlarni yo’q qilishga yordam berishini bilish uchun, Sizga nima mos kelishi mumkin testidan o’ting

YUqoridagi kasalliklar har birining simptomatikasi, diagnostikasi va davolanishi turlicha. To’g’ri tashhisni faqat shifokor qo’yishi mumkin, zarur bo’lgan davolashni ham u tayinlaydi. Ko’rish bilan bog’liq har qanday shikoyat paydo bo’lganda darhol oftalmologga murojaat qiling. Ko’rish ziyrakligingizni ehtiyot qiling va salomat bo’ling!

*https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%A1%D0%BB%D0%B5%D0%B7%D0%B0
**https://www.rmj.ru/articles/oftalmologiya/Sovremennoe_predstavlenie_o_sleznoy_ghidkosti_znachenie_ee_v_diagnostike/
***https://www.rmj.ru/articles/oftalmologiya/Sovremennoe_predstavlenie_o_sleznoy_ghidkosti_znachenie_ee_v_diagnostike/#ixzz6Dkhy9WDh
****Brzheskiy V.V. Quruq ko’z sindromi va ko’zning sirt kasalliklari: klinik ko’rinish, diagnostika, davolash. M.: GEOTAR – ommaviy axborot vositalari, 2016, sahifa 34
*****Oftalmologiya. Cho’ntak mos yozuvlar atlasi. Gerxard K. Lang. Ingliz tilidan tarjima V.V. Neroeva. Amaliy tibbiyot. Moskva. 2009