Yoshga oid makulyar degeneraciya holatida markaziy ko’rish tizimi o’zgaradi. Kasallikning havfliligi shundaki, u uzoq vaqtgacha e’tiborsiz qolishi mumkin, chunki odam ko’rish soqqasida sekin-asta bo’layotgan o’zgarishlarni sezmaydi. Bu holda makula patalogiyasi davolanmasa ko’rishni butunlay yo’qotilishi havfini tug’diradi. Keksa yoshlilar muntazam oftalmolog ko’rigidan o’tishlari, agar buning imkoni bo’lmasa, Amsler to’ri yordamida ko’rish ziyrakligini tekshirish maqsadga muvofiq.
Tasvirni ko’zdan 30 sm masofaga qo’ying. To’rni qog’ozga chop etib chiqarish ham, kunduzgi yorug’likda monitor orqali ham ko’rish mumkin. O’ng va chap ko’zdagi markaziy ko’rish darajasini navbati bilan tekshirish zarur. Oldin bitta ko’zingiz bilan, keyin ikkinchi ko’zingiz bilan to’rning o’rtasidagi qora nuqtaga tikiling. Natijani talqin etish: agar to’r qiyshiq ko’rinmasa, chiziqlar to’g’ri bo’lsa, to’rning ayrim joylari hiralashmasa, markaziy ko’rish darajasi yahshi. E’tibor bering: keksalikda makula holati darajasini tekshirishni oftalmolog qabulida o’tkazgan ma’qul. Agar to’rning chiziqlari hira ko’rinsa, yoyilib ketsa, o’rtadagi nuqtani ko’rmasangiz yoki aniq ko’rinmasa – imkon qadar tezroq shifokor bilan maslahatlashing va markaziy ko’rishning buzilish darajasini aniqlab, zarur davolanish muolajalarini boshlang.