Uzoqni yaxshi ko’rasizmi: kattalar va bolalar uchun ko’rish ziyrakligini tekshirish

Ko’rish ziyrakligini aniqlash uchun Landolt optotiplaridan foydalanish mumkin, uni shuningdek Landolt halqalari deb atashadi. Optotiplar – bu har hil o’lchamdagi va kenglikdagi qora rangli tepasi, pasti, chap va o’ng taraflari kesik halqalardir. Ko’rishni bu jadval yordamida testdan o’tkazish satrlardagi harflarni yodlab olish mumkin bo’lgan Sivcev jadvalidagiga nisbatan ancha ishonchli natija olish imkonini beradi. Turli satrlardagi halqalar kesiklarining joylashishini yodlab olish qiyin, shu bois tekshiruv haqqoniy natija beradi.

Uy sharoitida test o’tkazish uchun jadvalni chop etib chiqarish kerak va testdan o’tkaziluvchi undan 5 m masofada turishi mumkin bo’lgan tarzda joylashtiriladi.

Natijalarni hisoblash Sivcev jadvali bo’yicha aniqlash formulasiga o’hshash V = d/D, bu erda V – ko’rish ziyrakligi, d – halqalarning birinchi qatori ko’rinayotgan masofa, D – jadvalda ko’rsatilgan ko’rsatkich.

Landolt halqalari shuningdek diqqatni markalashtira olish qobiliyatini, toliqish darajasini tekshirish uchun, shuningdek bolalarni maktabga tayyorlashda ham foydalaniladi.