Kontakt linzalar? Oson!
Ko’rishni kontakt linzalari bilan muvofiqlashtirish tobora ko’proq muxlsilarni jalb etmoqda, buning o’z asoslari bor. Kontakt linzalari qulay va bevosita ko’z muguziga o’rnatilishi sababli ko’rishning deyarli nuqsonlarsiz (aberratsiyalarsiz) sifatli muvofiqlanishini ta’minlaydi. Ular ko’zoynak kabi terlamaydi va ko’rish maydonini cheklamaydi. Linzalar faol harakatlanish, sport bilan shug’ullanish, raqs tushish va ekstremal dam olishga xalal bermaydi. Bundan tashqari, linzalar tashqi qiyofani o’zgartirmaydi, maxsus makiyaj talab etmaydi. Shu sabab, xotin-qizlar orasida hal qiluvchi omilga aylanmoqda. Ana shu ijobiy sifatlari sababli kontakt linzalari bugungi faol kishilarni tobora ko’proq o’ziga tortmoqda.
Ko’rishni kontaktli muvofiqlashtirishning ijobiy jihatlari to’g’risida gapirganda, kontakt linzasini taquvi duch kelishi ehtimol bo’lgan muammolarni ham unutmaslik shart. Ko’zda linzalar o’zining borligini his qildirib turadi, ba’zan sezilarli bezovtalantiradi, bundan tashqari linzalarning ko’p turlari muguzga kislorod yetib borishini qiyinlashtiradi. Ana shu omillar keyinchalik jiddiy davolashni talab etadigan asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin. Shukrki, kontakt linzaga bog’liq barcha muammolarni hal etish mumkin, ammo buning uchun ularni batafsil ko’rib chiqish zarur.
Linzalarni tanlash va taqib yurish gigiyenasi
Kontakt linzalarni taqqanda noxushlik, bezovtalanish kontatakt linzalari noto’g’ri tanlanganligi, shuningdek taqish qoidasiga rioya etmaslik sababli bo’lishi mumkin. Aniqlik kiritaylik: kontakt linzalarini oftalmolog shifokor tegishli tekshiruvlarni amalga oshirganidan keyin tayinlashi shart. Bugungi kunda optiklar materialiga, nur sinish kuchiga, egriligigako’ra, shuningdek taqish qoidalariga ko’ra turli xil kontakt linzalarni tavsiya etmoqda, bu xilma-xillikdan mustaqin tanlab olishga urinish nojoiz, chunki noto’g’ri tanlov ko’rishni samarali muvofiqlashtira olmaslikdan tashqari, noxushlik, ko’zda “linza boriligini sezib turish” kabi asoratlar keltirib chiqarishi mumkin.
Bundan tashqari, noxushlik tuyg’usi va asoratlar rivojlanishiga linzalarni almashtirish tartibiga rioya etmaslik sabab bo’ladi. Barcha kontakt linzalarni ikki guruhga bo’lish mumkin: bir kunlik linzalar va rejali almashtiriladigan linzalar. Bir kunlik linzalar xususiy blisterlarga joylangan va bir martalik bo’lib hisoblanadi, taqish muddati tugaganidan keyin tashlab yuboriladi (materialiga bog’liq ravishda turli linzalar saqlash muddatiga ko’ra bir necha soatdan bir sutkagacha bo’lishi mumkin). Rejali almashlanadigan linzalarning “umri uzoq”, ularni yechib olgandan keyin ishlov berib, tunda tozalovchi eritmali konteyner ichiga solib qo’yiladi. Linzalarni almashlash tartibini buzish mumkin emas! Bu tartib linza materialini, birinchi navbatda, kislorod o’tkazuvchanligini hisobga olib belgilangan. Muguz qon aylanish tomirlaridan xoli, shuning uchun kislorodni tashqi muhit havosidan oladi. Bu ko’rsatkich kislorod o’tkazuvchanligiga bog’liq, u qanchalik yuqori bo’lsa, linzani shunchalik uzoq vaqt yechmasa bo’ladi; biroq uzluksiz taqib yurganda (masalan, bir necha sutka), hatto uzoq muddat taqib yurish uchun ruxsat etilgan bo’lsada, asoratlar (infeksion, gipoksik) vujudga kelish xatari ortadi. Agar linza yetarli miqdorda kislorod o’tkazmasa, vaqt o’tishi bilan muguz gipoksiyasi rivojlanishi va oqibatda jiddiy asoratlar manbai bo’lishi mumkin. Shu sababli yo’riqnomada ko’rsatilgan linza taqish rejimni buzish mumkin emas.
YAna bir muammo ko’zlarning infeksiya kasalliklari bilan bog’liq. Ko’pincha ko’z to’qimalarining infeksion yallig’lanishi kontakt linzalaridan foydalanish va saqlash qoidalari buzilishi, ya’ni linzani iflos qo’llar bilan ushlash (taqayotganda yoki ishlov berayotganda), linza saqlanadigan eritmani o’z vaqtida almashtirmaslik, konteynerlarni to’g’ri saqlamaslik sabab bo’lishi mumkin. Bundan tashqari, ORVI va boshqa umumiy infeksion kassalliklarga chalinganda, shuningdek ko’z to’qimalarida surunkali infeksion patalogiyalar mavjudligi ham linzalarni taqib yurish ko’z infeksiyalarining rivojlanishiga sabab bo’ladi. Shu sababli, infeksiya batamom tuzalmaguncha, ko’zni kontakt lizalari bilan muvofiqlashtirishdan voz kechgan ma’qul.
T.o. Yumshoq kontakt linzalarning barcha turlarini quyidagicha tasniflash mumkin:
Yumshoq kontakt linzalari quyidagi farqlarga ega: | YUmshoq kontakt linzalari turlari: | Farqlanishi, afzalligi va kamchiligi |
---|---|---|
Materialiga ko’ra |
|
Silikon-gidrogelli linzalar ko’zga kislorodni yaxshiroq o’tkazadi, ammo ba’zan foydalanuvchi uchun bir muncha noqulay bo’lishi mukin |
Nur sinish kuchiga (dioptriyligiga) ko’ra | o’rtacha -12 dan +12 dioptriygacha (nostandart ko’rsatkichlilarini buyurtma asosida tayyorlanadi) | Oftalmolog qabulida aniqlanadigan ko’zning refraksiya kuchiga bog’liq (uzoqni yaxshi ko’rmaslik, yaqinni yaxshi ko’rmaslik, astigmatizm) |
Refraksii buzilishi shakliga ko’ra |
|
YAqinni yaxshi ko’ra olmaslik va uzoqni yaxshi ko’rmaslik sferik, astigmatizm esa, torik, presbiopiya – multifokal kontakt linzalari yordamida muvofiqlashtiriladi. |
Namlik saqlashiga ko’ra | 30 dan 80% gacha namlik | Linzalarda namlik saqlanishi qanchalik yuqori bo’lsa, kislorodni shunchalik kam o’tkazadi, biroq namlik o’ta ko’p darajada bo’lsa, linzalar ko’zda shunchalik noqulaytik tug’dirishi mumkin |
Egriligiga ko’ra | o’rtacha 8,3 dan 9,0 gacha | Linzaning qiyshikligi ko’z muguzining tabiiy qiyshiqligi ko’rsatkichiga bog’liq. Ushbu ko’rsatkich oftalmolog huzurida o’lchanadi, linzaning qiyshiqligi noto’g’ri tanlangan bo’lsa, noxushlik vujudga keladi, Ko’rish ziyrakligi ham barqaror bo’lmaydi |
Almashtirish rejimiga ko’ra |
|
Bir kunlik linzalar qo’shimcha ishlov berish va saqlashni talab etmaydi, ulardan takror foydalanilmaydiodatda narxi qimmatroq; rejali almashlanadigan linzalarga ishlov berib turish, qatqaloqlardan tozalash va maxsus eritmada saqlash kerak |
Taqib yurish rejimiga ko’ra |
|
Bu ko’rsatkich kislorod o’tkazuvchanligiga bog’liq, u qanchalik yuqori bo’lsa, linzani shunchalik uzoq vaqt yechmasa bo’ladi; biroq uzluksiz taqib yurganda (masalan, bir necha sutka), hatto uzoq muddat taqib yurish uchun ruxsat etilgan bo’lsada, asoratlar (infeksion, gipoksik) vujudga kelish xatari ortadi. |
Kontakt linzalarini taqib yurganda ko’z qurishi sindromi
Ko’rishni kontaktli muvofiqlashtirshga ko’pincha ko’z qurishi sindromi hamroh. Bu ko’rishni kontaktli muvofiqlashtirish mohiyati bilan bog’liq. Chuoki linza bevosita muguzga tegib turadi. Bunda ko’z yosh pardasi ikkiga – linza utki va linza ostki qismlarga bo’linib ketgandek bo’ladi. Ko’z yosh pardasining linza ustki qismi tezrov bug’lanadi. Linza ostida qolgan yosh qatlami esa muguz oziqlanishi va namlanishini ta’minlash uchun yetarli bo’lmay qoladi. bundan tashqari, vaqt o’tishi bilan yosh tarkibio’zgarishi mumkin, bu ham ko’z sathining namlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Natijada noxushlik, ko’zga “qum” tushgadek his qilish, ko’z qizarishi kuzatiladi. Shubhasiz organizm ko’z yoshi taqchilligining o’rnini qoplashga harakat qiladi, ammo hamsha ham buning uddasidan chiqa olmaydi, chunki KQS ko’zni kontaktli muvofiqlashtirishda tez-tez uchraydigan kasallik hisoblanadi.
Noxushlikka chidab yurish noto’g’ri, qolaversa bu asoratlari bilan xavfli. Agar ko’rishni kontaktli muvofiqlashtirish KQS ni keltirib chiqargan bo’lsa, albatta oftalmologga murojaat qilish zarur. U ko’zni namlantiruvchi tomchilardan foydalaniladigan va ko’zning noxushligini bartaraf etadigan/engillashtiradigan kerakli davolanishni tayinlaydi.
Agar sizda ko’z qurishi, ko’zga qum tiqilishi, ko’zning tez toliqishi simptomlari paydo bo’lgan bo’lsa, to’g’ri tashhis qo’yilishi va terapiya tanlanishi uchun oftalmologga murojaat eting. Mavjud namlantiruvchi tomchilar yanada to’liqroq ma’lumot olish uchun Siz “Ko’zingiz qurib qolyaptimi? Testdan o’ting va o’zingizga nima mos kelishini bilib oling ” testidan o’ting.
Maqola mutlaqo axborot xususiyatiga ega. Mutaxassis maslahatini olish zarur.
Sinovdan o’ting va qaysi tomchilar sizga mos kelishini bilib oling.