Ko’z qurishi sindromi – eng ko’p tarqalgan oftalmologik kasallik bo’lib, ko’z muguzidagi o’zgarishlar baln tavsiflanadi. Tibbiy adabiyotlarda bu kasallikni quruq keratokon’yunktivit deb ham atashadi, bu “ko’z muguz pardasining qurishi” ma’nosini beradi.
Kasallik ikki turga bo’linadi:
1 tur
Yetarli miqdorda ko’z yoshlari ishlab chiqarilmaydi.
2 tur
Ko’z yoshlari ko’z sathidan juda ham tez parlanib ketadi.
Kasallik rivojlanishining mexanizmidan qat’iy nazar, bu ikki turda ham simptomlar o’xshash kechadi, har ikki holda ham ko’z yoshi pardasining zichligi va to’liqligi buziladi. Aynan shu parda muguzning kerakli namligini saqlab turadi. Bundan tashqari ko’zning ifloslanishi va mayda shikastlardan asraydi.
Xatarli guruhdagilar kimlar?
YOshga oid o’zgarishlar
Organizmdagi yoshga oid o’zgarishlar 1-turdagi sindrom rivojlanishi uchun sabab bo’ladi. Yosh bezlari tomonidan ko’z yoshlarining ishlab chiqarilishi, organizmdagi gormonal jarayonlar orqali muvofiqlashtiriladi. Yoshga oid fiziologik o’zgarishlar chog’ida (ayollarda menopauza, erkaklarda andropauza) ayrim gormonlar muvozanati o’zgaradi va bu ko’z yoshi ishlab chiqarilishiga ta’sir ko’rsatadi. Ko’z yoshi tarkibiga ko’ra ham o’zgarishi mumkin. Bunda ko’z yoshi kamayib ketadi, ko’z yosh ardasi o’z funksiyasini avvalgidak yaxshi bajara olmay qoladi, ko’z qurishi va noxushlik tuyg’usi paydo bo’ladi. 1-tur ko’z qurishi sindromi odatda yosh 50 dan o’tgandan keyin rivojlanadi.
Ko’z yosh ishlab chiqarilishi shuningdek oftalmologik operatsiyalardan keyin ham patsientning yoshidan qt’iy nazar rivojlanishi mumkin.
Ko’zning zo’riqishi
2-turdagi ko’z qurishi sindromi, odatda, ko’zga kuchli yuklanma tushganda sodir bo’ladi. Hatto kompyuter bilan ishlaganda ham, ekranga termulib o’tirish majburiyati sababli ko’z pirpirashi soni kamayadi. Ko’z pirpirashi esa ko’z yosh pardasini tiklash uchun zarur, u har safar ko’z yoshi ishlab chiqarilishi va ko’z pirpirashi natijasida muguz pardada ko’z yoshining bir me’yorda taqsimlanishi yuz beradi. Kompyuterda ishlayotgan inson ko’z sokin paytdagiga nisabatan ko’zini 4 marta kamroq pirpiratadi. Buning ma’nosi shuki, ko’z yosh pardasi lozim darajada yangilanmydi, muguz uzoq muddat davomida yetarlicha namlanmay qoladi, ko’zda noxushlik, ko’z qurishi va bezovtalanishi vujudga keladi.
Ko’z qurishi sindromining bu mexanizmi kishishing necha yoshda ekanligiga emas, balki turmush tarziga va ko’zga tushayotgan yuklanmaga bog’liq.
1. Biz gadjetlardan foydalanamiz.
Qanday monitorga tikilayotganimizning ahamiyati yo’q, ularning barchasi bugungi kunda ko’zni “ayovchi” tarzda ishlab chiqariladi: miltiramaydi, yorug’likni sozlab olish imkoniyati mavjud, yuqori darajada tiniq ko’rsatadi. Ko’z qurishi sindromi biz ekranga nihoyatda katta diqqat bilan qarashimizdan kelib chiqadi. Bu smartfon, planshet yoki noutbuk ekanligining ahamiyati yo’q: axbortni o’rganar ekanmiz biz diqqatimizni jamlashimiz sababli, ko’z pirparatishni “unutib” qo’yamiz. Ekrandan shunchaki matn o’qishning zarari kamroq, axborotni kiritish esa ko’proq e’tiborni talab qiladi, matnni tahrir qilish va grafikadan foydalanilgan dasturlar bilan ishlash esa ko’z uchun ayniqsa zararlidir. Monitordan video va foto tasvir ko’rish ham ko’zni tasvirga mahkam bog’laydi.
Monitorga qanchalik diqqat bilan tikilsak, shunchalik ko’zni kamroq pirpiratamiz, bu ko’z yosh almashinuvining tabiiy jarayoniga putur yetkazadi. Ba’zan ko’z qurishi sindromining dastlabki belgilari (masalan, ko’z qizarishi) gadjetlardan bir necha oy muntazam foydalangandan keyin paydo bo’ladi va dam olishdan keyin o’tib ketadi. Biroq ko’pchilik smartfonlardan ko’p yillar davomida har kuni foydalanayotgani sababli, ko’zining qachon qichisha boshlagani yoki qizarganini eslashi qiyin. Agar bundan 10 yillar oldin ko’z qurishi sindromi faqat kompyuterda ishlovchilarga (dasturchilar, muharrirlar, dizaynchilar) xavf tug’dirgan bo’lsa, endilikda u ishdagi har qanday bo’sh paytini sevimli ijtimoiy tarmoq yangiliklarini ko’rish uchun sarflayotgan har bir insonda u yoki bu darajada rivojlanishi mumkin.
2. Qulaylik yaaratish uchun biz xonalardagi havoni quritamiz
Yiliga olti-etti oy davomida ko’p qavatli va xususiy uylarda isitish tizimidan foydalaniladi. Agar havo harorati ancha sovib qolgan, ammo markaziy isitish tizimi hali ishga tushmagan bo’lsa, ko’pchilik o’z xonasida qo’shimcha isitish moslamalaridan ham foydalanadi. Isitilayotgan havo. agar siz xonada maxsus havoni namlantirgichdan foydalanmayotgan bo’lsangiz, hamisha quruq bo’ladi. Agar xonadagi yoki ofisdagi havo namligi 40% dan past bo’lsa, bu barcha shilliq a’zolarning, shu jumladan ko’z muguzini himoyalovchi yosh pardasining holatiga ta’sir ko’rsatadi. Bunday holatda, hatto soatlab kompyuter ekraniga tikilmayotgan bo’lsangiz ham, yosh ko’z sathidan bug’lanib tez chiqib ketadi va ko’zning pirpirashi bilan yangilanishga ulgurolmoydi. Issiq kunlari konditsionerlangan havo ham ancha quruq – konditsioner ishlab turgan xonada uzoq vaqt qolmasangiz ham ko’zda noxush tuyg’ular vujudga kelishi mumkin. Bunday noxushlikka yo’l qo’ymaslik uchun konditsioner bilan bir vaqtda havo namlatgichdan ham foydalanish, shuningdek havo haroratini juda ham pasaytirib yubormaslik tavsiya etiladi, chunki past haroratda ko’z yosh pardasi tezroq bug’lanadi va agar bunday xonada kompyuterda ishal va ko’zni zo’riqtirish talab etilsa, bu ko’zning qo’shimcha bezovtalanishini, ko’zning yoshlanishini, doimiy ta’sirlanishini keltirib chiqaradi. Ko’z qurishi sindromining rivojlanishi uchun shuningdek, ko’zga xlorlangan vodoprovod suvining tushishi ham ta’sir ko’rsatishi mumkin – u bezovtalik qo’zg’atuvchi ta’sirga ega.
3. Kontakt linzalardan foydalanamiz
Kontakt linzalari – ko’rish qobiliyatini muvofiqlashtirishning ommaviyligi jihatidan ikkinchi o’rinda turadi. Linzalar ko’zoynakka nisbatan qulayr va foydali, ma’lumotlarga ko’ra, bugungi kunda ulardan yer yuzida 130 mln. odam foydalanmoqda. Zamonaviy kontakt linzalari kislorod o’tkazadigan va ko’z bemalol nafas ola oladigan materiallardan ishlab chiqarilmoqda. Bu uzoq vaqtgach taqib yuriladigan linzalarga ham tegishli. Biroq linzadan foydalanish noxushlik tug’dirmasligi va infeksiya tushi ehtimolidan asrash uchun rioya etilishi zarur qoidalar mavjud. Linzalarni to’g’ri tutish, ishlab chiqaruvchilar tavsiya etgan vositalardan foydalanish, ularni taqib yurish va almashtirish muddatlariga amal qilish, shuningdek ko’z sathini namlantiruvchi vositalardan foydalanish talab etiladi. Eng zamonaviy linzalar ham, afsuski, vaqt o’tishi bilan taqqanda noqulaylik tug’dirishi va ko’zni quritishi mumkin. Agan shunday muammo vujudga kelsa, otalmolog bilan maslahatslash, kerak bo’lsa linzaning boshqa turidan foydalanish zarur. Agar linzalar to’g’ri tanlangan va barcha talablarga rioya etilganda ham ko’z qurishi va noxushlik to’xtamasa, “ko’z qurishi sindromi” tashhisini qo’yilishi va bunga qarshi maxsus preparatlar tayinlanishi mumkin.
4. Ko’zni lazer bilan muvofiqlashtirish
Ko’rish qobilyatini bu uslubda muvofiqlashtirish yildan-yiga ko’proq ommlashmoqda. Zamonaviy texnologyailar tufayli lazer bilan muvofiqlashtirish mutlaqo bexatar, hech qanday og’riqsiz o’tadi, statsionarda yotib qolishni talab qilmaydi, reabilitatsiya davrida minimal cheklovlar bilan bog’liq, qarshi ko’rsatmalar juda kam va a’lo natijani ta’minlaydi: biron bir muvofiqlashtirish vositalarisiz ko’rishning yaxshi darajasiga erishiladi.
Biroq lazer bilan muvofiqlashtirish o’tkazilgandan keyin reabilitatsiya davrida ko’pchilik qo’z qurishi sindromiga xos shikoyat bilan murojaat qiladi. Bunda ko’z qurishi va noxush tuyg’u hatto ko’z yosh ishlab chiqralishini aniqlovchi SHirmer testi natijasi me’yorida bo’lgan patsientlarda ham uchrashi mumkin. Aynan shu sababli zazer bilan muvofiqlashtirishdan keyin muguzni qo’shimcha namlantirish talab etiladi.
5. Ko’z yoshi ishlab chiqarilishiga ta’sir ko’rsatuvchi dorilarni qabul qilganda
Bu ma’lumotlar avvalo gormonal dori vositalariga (masalan, gormonal o’rin bosuvchi preparatlar, oral kontratseptivlarga) va antidepressantlarga tegishli. Organizmda gormonlar muvozanatining o’zgarishi ko’z qurishini, qichishishi va qizarishini keltirib chiqarishi mumkin. Bu narsa ko’z yoshi tarkibining o’zgarishi va uni ishlab chiqarish kamayishi bilan bog’liq. Organizmda garmonal o’zgarishlar ro’y berganda ko’z yoshining lipid (ustki) qatlami o’z sifatini va tarkibini o’zgartiradi, buning oqibatida lipid ostidagi suv qatlami odatdagidan tezroq bug’lanib ketadi. Ko’z yoshi va yosh pardasi nimadan tuzilgani to’g’risida ma’lumot mana bu yerda.
6. Biz tug’ma va surunkali patologiyalarga mubtalomiz
Afsuski, salomatlikka pand beruvchi irsiy va tug’ma omillarga hech nim ta’sir ko’rsata olmaydi. Bunday xastaliklardan ayrimlari ko’z yosh bezlarining funksiyasiga va ko’z yosh ishlab chiqarilishi ham ta’sir ko’rsatadi. Ko’z qurishi sindromining rivojlanish sabablaridan biri qandli diabet hisoblanadi. Ushbu endokrin kasalligi holatida organizmdagi ko’plab jarayonlar, shu jumladan gormonlarga bog’liq jrayonlar izdan chiqadi. Shuningdek, diabet holatida turli preparatlar qabul qilinadi va ularning ba’zilari ko’z yosh ilab chiqarishga va uning sifatiga ta’sir qiladi. Har qanday surunkali oftalmologik kasallik ko’z qurishi sindromi rivojlanishini keltirib chiqarishi mumkin. Ko’pincha buning sababi kasallikning o’zida emas, balki ko’z tomchilari– masalan, blefarit yoki kon’yunktivitda antibiotiklar yoki glaukomada konservantlar saqlovchi preparatlardan uzoq vaqt foydalanilishida bo’ladi.
UUshbu kasallikning tipik simptomlari mavjud bo’lib, bu faqat ko’zning qurishini his qilishning o’zidangina iborat emas. Boshqa belgilari ham mavjud:
1. Ko’z qizarishi, bu holat ko’pincha ish kuni oxirida sodir bo’ladi (kasallikning dastlabki bosqichida) yoki tongdan boshlab kun bo’yi kuzatilishi mumkin (ko’z qurishi sindromi o’tkazib yuborilgan, davolanmagan shaklida).
2. Ko’zda noxush tuyg’u, patsientlar uni ko’pincha “ko’zga qum tiqilgan”, ko’zga nimadir tushgandek, qoqvoq ostida nimdir xalal berayotgandek his qilish, ko’zni artib tashlash istagi paydo bo’lishi deb ta’riflaydilar.
3. Ko’z harorat o’zgarishaga, shamolga, yoqin nurga nisbatan juda ta’sirchan bo’lib qoladi. Bunday omillar ta’sir ko’rsatganda ko’z yoshlanishi mumkin.
4. Aniq bir qo’zg’atuvchi bo’lmasada, ko’zlar kun bo’yich yoshlanishi mumkin. Bunday holda ajralib chiqqan ko’z yoshi boshqacha tuzilmaga ega bo’lib, ko’z yoshi pardasining tiklanishini ta’minlay olmaydi.
5. Ko’z qurishi sindromi odatda ikkala ko’zda ham namoyon bo’ladi, ammo patalogiya faqt bitta ko’zda kuzatilgan holatlar ham mavjud.
Ko’z qukrishi sindromi, keksa yoshlilar xatar guruhiga kiritilgani holda, yoshlar uchun ham tobora keng tarqalgan kasallikka aylanib bormoqda.
Kasb faoliyati oroasida monitor oldida uzoq vaqt o’tirib ishlash bilan bog’liq har qanday ish ushbu kasallik rivoji bilan aloqador. Web-dizaynchilar, web-ishlanmachilar, dasturchilar, kopirayterlar, muharrirlar, buxgalterlar, kasbiga ko’ra kompyuter annimatsiyasi bilan shug’ullanuvchilar, ma’lumotlar bazalari bilan ishlovchilar va h.k. – xatar gurug’iga kiritiladi. Ko’z qurishi sindromini shuningdek haydovchilar va uzoq avtomobil safarlari havaskorlari orttirib oilishlari mumkin.
Ko’zning qurishiga shuningdek haddan ortiq kompyuter o’yinlariga, ijtimoiy tarmoqlarga, forumlar, chatlarga ruju qo’yish, kontakt linzalarini taqish va yoshning 50 dan yuqori ekanligi, ayrim surunkali kasalliklar sabab bo’lishi mumkin.
Agar siz…
Agar siz dasturchi, muharrir, geymer bo’lsangiz
О’z-o’zidan ko’z qurishi sindromi rivojlanishi mumkin bo’lgan eng katta xatar guruhiga tushasiz.
Ko’p vaqtingizni oldida o’tirib o’tkazsangiz ham, monitor ko’zga zarar yetkazmaydi. Barcha zamonaviy qurlmalarning ekranlari ko’zga minimal yuklanma tushadigan tarzda ishlangan. Ammo bizning soatlab monitorga ko’zni pirpiratmasdan tikiil o’tirish odatimiz uchun ishlab chiqaruvchilarni javobgar qilolmaymiz.
Matn bilan, raqamlar bilan, tasvirlar bilan ishlayotganingizning ahamiyati yo’q. E’tibor bermagan bo’lishingiz mumkin, monitor bilan ishlayotganda siz ko’zlaringizni odatdagi turmush ishlari yoki shahar bo’ylab sayrdagiga nisbatan kamroq pirpiratasiz. Bu narsa sevimli o’yinini o’ynayotgan geymerga ham taalluqli: qancha ko’p o’ynasangiz, ko’zni shunchalik kamroq pirpiratasiz.
Har bir ko’z pirpirashida qovoqlar yosh bezlari doimiy ug’lanib turadigan yosh o’rniga ishlab chiqargan ko’z yoshlarini ko’z sathi bo’ylab bir me’yorda tarqatadi. Ko’zni qanchalik kam pirpiratsangiz, ko’z yoshi pardasi shunchalik kamroq yangilanadi va qayta tiklanadi, ko’z yoshlari esa jadalb bug’lanib ketadi, binobarin bir necha soat ishlaganigizdan so’ng ko’zlaringiz qizarib, achisha boshlaydi.
Agar siz ofisda ishlasangiz
Ish kuningizning katta qismi kompyuter oldida o’tishi turgan gap. Monitorga faqat vazifvngizni bajarish uchungina tikilmaysiz. Afsuski, ba’zi ofis xodimlari uchun hatto dam olish ham yangiliklar tasmasini ko’rib chiqishdan, maqolalar o’qishdan, tarmoqdan foydali axborotni qidirishdan iborat. Siz kompyuter monitoriga tikilyapsizmi, yoki smartfon ekranigami, buning ahamiyati yo’q: kamroq pirpirayotgan ko’zlaringiz uchun bu hamma holatda ham zo’riqishdir. Ko’z yosh pardasi to’liq tiklanolmaydi, ko’z asta-sekin namlanishning yetarli emasligidan jablana boshlaydi, ko’z qurishi sindromi rivojlanadi. Ofislarda yana bir xatar ta’qib etadi: bu havoning konditsionerlanishidir.
Konditsioner havoni sovutishi yoki isitishi mumkin, ammo ikkala holda ham uning namligi pasayadi. ofislarda havoning o’ta quruqligi – odatiy hol. Bu esa ko’z holatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi va ko’z qurishi sindromini qo’zg’ovchi qo’shimcha omil hisoblanadi.
Ofislardagi ko’zning zo’riqishi borasidagi salbiy ta’sirlarning havo quruqligi bilan mushtarakligi natijasida “ofis” yoki “monitor” sindromi to’g’risidagi tushuncha paydo bo’ldi. U ofis xodimlarining ko’z qurishi holati bilan qo’shilib namoyon bo’ladi.
Agar sizda refraksiya buzilishi bo’lsa
Demak ko’zko’rishini muvofiqlashtiruvchi uslublardan biri: ko’zoynak, kontakt linza taqasiz, yoki ko’rishni lazerda sozlash operatsiyasidan o’tgansiz. Uzoqni yoki yaqinni yaxshi ko’ra olmaslik, astigmatizm holatlarida muvofiqlashtirishdan qochib qutulishning deyarli iloji yo’q. Agar kontakt linzalarini tanlagan bo’lsangiz, ko’zdagi noxushlik va qurish hissiyotlari sizga tanish. Ayniqsa bunday shikoyatlar linzalarni uzoq vaqtdan beri taqib yuruvchilarda uchraydi. lazer bilan muvofiqlashtirilganda esa, ko’z qurishi sindromi operatsiyadan keyingi reabilitatsiya davrida rivojlanishi mumkin.
Agar biron oftalmologik operatsiyani boshdan kechirgan bo’lsangiz
Shifokor operatsiyadan keyingi davrda ko’zlaringizda noxushlik, sanchiq va lovullash his qilishingiz ehtimoli, ko’zlar qizarishi va qurishi mumkinligi to’g’risida ogohlantirgan. Ko’z qurishi sindromi – har qanday oftalmologik operatsiya: ko’rishni lazerda muvofiqlashtirish, kataraktada qorachig’ni almashtirish, glaukoma operatsiyasidan keyingi odatiy hol. Operatsiyadan keyingi ko’z qurishi sindromi doimiy hamrohingizga aylanib qolmasligi uchun maxsus ko’z tomchilaridan foydalanish to’g’risidagi shifokor maslahatlariga rioya etish zarur.
Agar kontakt linzalari taqsangiz
Ko’z qurishi, bezovtalanishi, sanchishi, “qum tiqilishi”, tez toliqishi tuyg’ulari sizga tanish. Kontakt linza taqqan odamni ko’pincha ko’zi qizarganidan bilib olsa bo’ladi. Bu muammolar hamsha ham linzadan noto’g’ri foydalanish, shu jumladan linza taqish gigiyenasiga rioya etmaslik sababli kelib chiqmaydi. Ba’zan noxush hissiyot ularni noto’g’ri tanlangani bilan bog’liq. Linzalarni turli materiallardan ishlab chiqariladi, ularning turiga qarab har kuni yechish kerak yoki bir necha kun, yoxud haftalab taqsa ham bo’ladi, linzalarni har kuni yechib taqiladigan bir martaligi ham bor. Xayriyatki, turidan qat’iy nazar, linzalar ko’zga “do’stona” munosabatda bo’ladi, imkon qadar miqdordagi kislorodni o’tkazadi, allergiya qo’zg’amaydi. Ammo ko’z qurishi sindromiga xos bo’lgan simptomlar bir muncha tez-tez bezovta qilib turishi ehtimoli yo’q emas.
Xavfli tarafi shundaki, linza vaqt o’tishi bilan bezovtalik keltirib chiqarishi, bu esa ko’z infeksiyasiga hamda ko’rishning jiddiy muammolariga sabab bo’lishi mumkin. Shu sababli, agar taqib yurgan linzangiz noxushlik, ko’z qurishi. sanchiq, qichishish keltirib chiqarayotgan bo’lsa, xalal berayotgandek tuyulsa, oftalmologga murojaat eting va muammo sababini va hal qilish yo’lini toping. Agar ko’p vaqtdan beri linza taqayotgan bo’lsangiz, endi ko’zoynakka qaytish amri mahol, chunki linzalar juda qulay.
Agar yoshingiz 50 dan yuqori bo’lsa
YOsh ulg’ayishi o’zi bilan nimalar olib kelishini o’z boshingizdan o’tkazib bilgan bo’lsangiz kerak.
Agar butun umr davomida kshrsh va ko’z borasida shikoyat qilmagan bo’lsangiz ham, ammo endi dastlabki shikoyatlar paydo bo’lishi mumkin;
ko’zning qizarishi va toliqishi, ko’z qurishini his qilish, ko’zni tez-tez artishga ehtiyoj, qovoqlar ostiga nimadir kirib qolgandek tuyg’u. Bu ko’z yoshi sifati va uning ishlab chiqarilishi bilan bog’liq o’zgarishlar organizmdagi gormonal o’zgarishlar ta’sirida vujudga keladi. Ko’z qurishi keksalikda doimiy hamroh bo’lib qolishi mumkin. Agar siz ko’zdagi noxushliklar borasida shikoyat qila boshlagan bo’lsangiz – ko’z qurishi sindromi sizning holatingizda keksalik nishonalaridan biri bo’lishi mumkin.
Ko’z yoshi bu faqat yig’i alomati emas. Shukrki, g’amdan ko’z yoshlari ko’p to’kilmaydi, ammo yoshlar ko’z yoshi bezlari tomonidan doimiy ishlab chiqariladi. Ko’zlar qanchalik yaxshi yuvilishi va namlanishi, shuningdek ular tashqi ta’sirlardan qanchalik himoyalani yosh bezlarining ishiga va ko’z yosh tarkibiga bog’liq.
SHunday qilib, ko’z yoshi tiniq, mazasi sho’rtang suyuqlik bo’lib, muayyan kislotalanganlik darajasiga (rN – 7,3-7,5) ega bo’ladi, tarkibida mikroelementlar, oqsillar, fermentlar, lipidlar mavjud. Bundan tashqari ko’z yoshlari ko’plab turli xil moddalarga boy, ko’zda uch qatlamli ko’z yosh pardasini hosil qiladi, ko’zni himoyalash va oziqlantirishda har qaysi qatlamning o’z funksiyasi bor.
YOshning tashqi qatlami lipidlardan, ya’ni moysimon moddalardan iborat bo’lib, ular meybomiy bezlari tomonidan ishlab chiqariladi. Ko’z pardasidagi aynan ana shu qatlam ko’z yoshidagi o’zidan quyida joylashgan suv qatlami tezda bug’lanib ketishidan saqlaydi. Bundan tashqari lipid qatlami ko’z sathini chang zarralaridan himoyalash uchun mas’ul, shuningdek nurning sinishi jarayonida muhim o’ringa ega.
Ko’z yosh pardasininglipid qatlamining ostidagi o’rta qatlami turli mikroelementlar, oqsillar va fermentlarni saqlovchi suvdan tashkil topgan. Biz ko’z yoshlari deb hisoblaydigan, yosh bezlari ishlab chiqaradigan aynan shu qatlamdir. Ko’z sathini namlantirishva tozalash uchun suyuqlik bezlar tomonidan mutassil ishlab chiqariladi. U ko’z pirpiratilishi sababli ko’z sathida bir tekis tarqaladi. Qovoqlarning ana shundan harakatlanishi tufayli yosh pardasi doimo yangilanib turadi, zero ko’z yoshlari yangilanib turishining sababi – u mutassil bug’lanishidir.
Ko’z yoshining mutsin (yoki ichki) qatlami – bu qovoq shilliq pardasi va ko’z soqqalari tomonidan ishlab chiqariladigan moddadir. Ko’z yoshi ko’z sathi bo’ylab qanchalik bir me’yorda taqsimlanishi. Shuningdek yoshning suvli va lipid qatlamlari ko’zda qanchalik mustahkam saqlanishi ko’z yosh pardasining mutsin qatlamiga bog’liq. Mutsin qatlami shuningdek kon’yunktivning regeneratsiyasi uchun mas’ul, ehtimol tutilgan shikastlarning tezda bitib ketishiga yordam beradi.
Ko’z yoshi ishlab chiqarilishi organizmning turli tizimlari ishiga va gormonlar muvozanatiga to’g’rilan-to’g’ri bog’liq. Shilliq pardalarning qurishi, ko’z yosh pardasi tarkibining o’zgarishi va ko’z yoshlari ishlab chiqarilishining kamayishi – yosh o’tishi bilan bog’liq, shuningdek ayrim endokrin kasalliklar yoxud gormonal preparatlar qabul qilish ta’siri ostidagi muammolardir. Keksalik sabab ko’z qurishiga oid shikoyatlar ko’p ayollarda klimaks davrida paydo bo’ladi. Gormonal o’zgarishlar, xususan estrogenlar (ayollarning jinsiy gormonlari) ishlab chiqarilishining tabiiy pasayishi sababli shilliq qavatining qurishidan shikoyat qilishadi. Ko’z sathida va qovoqlarning ichida ham shilliq qavat borligi sababli, ko’zga ham ozor yetadi. Ko’z qurishi tuyg’usi klimakter buzilish simptomlardan biridir. Aksariyat ayollar bu davrda gormonlar o’rnini bosuvchi terapiya qabul qiladi. Ular ham ko’zning holatiga ta’sir ko’rsatmay qolmaydi, ko’z qurishi sindromining ayrim belgilari namoyon bo’ladi.
Keksalik davrida shuningdek boshqa preparatlarni ham qabul qilishga to’g’r kelib turadiki, ular ko’z yoshi ishlab chiqarishga va ko’z yosh tarkibiga ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Masalan, gipertoniyani davolashda ko’pgina patsientlarga diuretiklar – peshob haydovchi vositalarni, beta guruhi preparatlari – blokatorlarni tavsiya etiladi. Ular ham yosh ishlab chiqarilishi jarayoniga ta’sir etib, ko’z qurishi sindromini chaqiradi. Antidepressantlar ham nojo’ya ta’sir sifatida ko’z qurishini keltirib chiqaradi.
Ko’z yosh ishlab chiqarishda va shilliq qavat o’zgarishlarga olib keluvchi xatar omillari qatoriga endokrin tizimi kasalliklari, xususan qandli diabet, qalqonsimon bez xastaliklari, shuningdek autoimun dardlari, masalan ravmatoidli artrit ham kiritiladi.
Oftalmologik preparatlardan ko’z yosh pardasining holatiga ta’sir qiladigani konservantlar qo’shilgan ko’z tomchilaridir. Ular surunkali ko’z kasalliklari, masalan glaukomaga qarshi qo’llanadi.
Ko’zning yallig’lanishli va infeksion kasalliklari holatida shifokorlar antibiotiklar ham tayinlashadi, ular shuningdek ko’z satxining holatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi va ko’z qurishi sindromini yoki uning ayrim ko’rinishlarini keltirib chiqarishi mumkin.
Ushbu ma’lumotlar o’z-o’zini diagnostika qilish uchun asos bo’lmaydi. Agar siz quruq ko’zlar, qizargan ko’zlar, yonish hissi, qichishish, ko’zlardagi qichishish, tez-tez ko’rinadigan charchoq haqida shikoyat qilsangiz ham, aniq tashxis qo’yish uchun oftalmologga murojaat qilishingiz kerak. Bundan tashqari, shifokor bilan maslahatlashganingizdan so’ng foydalanishingiz mumkin bo’lgan ko’zni nemlendiradigan tomchilar haqida ko’proq bilib olishingiz mumkin – buning uchun «Ko’zni himoya qilish uchun preparatni individual tanlash» testidan o’ting.
Iltimos, davolanishni boshlashdan oldin mutaxassisning maslahati zarurligini unutmang!
Close up photo of a businessman driving a car
Agar sayohat qilishni yaxshi ko’rsangiz
O’z avtomobilingizdami yoki samolyotdami, yaqin shahargami yoki uzoq mamlakatlargami, buning ahamiyati yo’q. Sayohat faqatgina yangi taassurotlardan iborat emas, balki ko’pincha ko’z qurishi shikoyatlariga ham sabab bo’luvchi holatdir. Chunki bu dardga sayohatchilar tez-tez chalinadilar.
Avtomobil va samolyot salonida ko’z qurishi
Ko’p vaqtini rulda o’tkazadigan, ayniqsa g’ira-shira paytda yoki qorong’ida yo’l yuradigan haydovchi o’z ko’rish qobiliyatini qiynovga qo’yadi. Ruldagi avtomobilchi xuddi monitor oldida o’tirgan geymer yoki dasturchi kabi ko’zini kam pirpiratadi. Qolaversa, mashina salonida, yilning fasliga qarab konditsioner yoki isitish moslamasi ishlatib qo’yiladi, ular esa havoni quritadi. Bularning bari ko’z qurishi sindromini keltirib chiqaradi. Sammolyotda ko’z qurishining bosh sababi havoning konditsionerlanishi hisoblanadi. Parvoz qanchalik uzoq davom etsa, unda namlik shunchalik kamroq bo’ladi. Bu esa ko’z shilliq pardasini, xususan ko’z sathini quritib qo’yadi. Tajribali sayohatchilar samlyotga o’zlari bilan ko’zni namlantiruvchi tomchini olib chiqadilar, odatda uni bortga olib kirishga ruxsat bor. Yana bir yupanch shuki, ko’z qurishi, lovullashi. sanchishi, agar bu simptomlar faqat parvoz bilan bog’liq bo’lsa, odatda tez vaqtda o’z-o’zidan yo’qolib ketadi.
Agar toqqa yoki dengizga, iqlim sharoiti ekstremal bo’lgan, juda sovuq, shamolii yoki quyoshli har qanday joyga otlanayotgan bo’lsangiz, ko’z qurishi sindromi bilan “tanishish! imkoniyatingiz yuqori bo’ladi. Chunki u ko’pincha juda past haroart, shamol, shuningdek ultrabinafsha nur ta’siridan tez-tez namoyon bo’ladi.
Agar ko’z kasalligiga chalingan bo’lsangiz
Turgan gapki, qandaydir preparatlar bilan davolanasiz. gap refraksiyaning buzilishi to’g’risida emas: garchand uzoqni yaxshi ko’rmaslik, yaqinni yaxshi ko’rmaslik va atigmatizm kontakt linza taqish yoki lazerda muvofiqlashtirish zarurati sababli ko’z qurishi sindromi rivojlanishi uchun xatar omili bo’lib hisoblansada, ular doimiy tarzda tarkibida konservantlar bo’lgan dori vositalaridan foydalanishni talab qilmaydi.
Ko’z qurishi sindromi rivojlanishiga ko’zning infeksiya kasalliklari olib kelishi mumkin.
Kontakt linzalaridan noto’g’ri foydalanish yoki noto’g’ri saqlash, gigiyenaga amal qilmaslik, linzadan foydalanish muddati buzilishi sababli ham infeksiya tushishi mumkin. Agar linzlar konteyneri eritmasini vaqtida almashtirlmasa va tzlab turilmasa, linzani olish –qo’yishdan oldin qo’l yuvilmasa, shikastlangan linzadan foydalanilsa – bular bari ko’z to’qimalariga infeksiya tushiradi.
Boshqa infeksiya kasalliklari faol kechayotgan davrda ko’z infeksiyasi vo’shilishi ham mumkin. Shamollaganda yoki gripp bo’lganda yaxshisi linza taqishdan voz kechib turgan ma’qul, ana shu paytda linza taqishni boshlamay turish ham maqbul ko’riladi.
Ko’z infeksiyasida ko’z og’rig’i, kuchli sanchiq, infeksiya yoki ko’z qurishini keltirib chiqaruvchi ko’z yosh pardasining buzilishi alomati siftida ko’zning yoshlanishiga shikoyat qilinadi. Ko’zning surunkali kasallikulari ham mavjud. ular ko’z yoshining turli qatlamlarini ishlab chiqaruvchi bezlarga ta’sir ko’rstadi. Masalan, blefarit – qovoqlarning yallig’lanish kasalligida – ko’z yoshining lipid qatlami uchun mas’ul hisoblangan meybom bezlarining ishi buziladi. Shu sababli odam ko’z qurishining ortiq darajad bo’lishidan ozor chekadi.
Ko’z qurishi sindromi shuningdek, ko’z yoshi kanali yoxud moy bezlarining tug’ma yoki orttirma nosozligida ham rivojlanadi.
Ko’z qurishi sindromini davloashdan oldin oftalmolog bilan maslahatlashish va tashhisni aniq qo’yib olish muhim. Ayrim ko’z kasalliklari o’xshash simptomlarga ega bo’ladi, shu sababli faqat shifokor patsient bilan muloqot qilib va ba’zi tahlillar asosida ko’z qurishi sindromini aniqlashi mumkin.
Ko’z qurishi sindromini davolashning asosiy uslubi tabiiy ko’z yoshlari o’rnini bosuvchi vositalarni tayinlashdan iborat. Ularni ko’z yoshini almashtiruvchi yoki sun’iy ko’z yoshi preparatlari deb atashadi. Bu dorilar tomchi, emulsiya, gel tarzida chiqariladi, namlik taqchilligini bosadi, ko’z sathida yosh pardasi hosil bo’lishi va saqlanishiga yordam beradi.
Kamdan-kam holatlarda, agar ko’z qurishi sindromi ko’z yosh kanalining nosozligi bilan bog’liq bo’lsa, jarrohlik usuli qo’llanadi.
KQS ni davolashda barqror samaraga erishish uchun ba’zi odatlarni o’zgartirish zarur (masalan, ko’z gimnatikasi bilan shug’ullanish, kompyuterda ishlaganda ko’zga muntzam dab berish), shuningdek xonadgi namlik hamisha me’yorida bo’lishiga e’tibor berish zarur.
Dorixonalarda ko’z yosh o’rnini bosuvchi xilma-xil preparatlar ko’p. Tavakkaiga tomchi yoki gel dori sotib olar ekansiz, istalgan natijaga erishmasligingiz mumkin – ya’ni ko’z qurishi va qizarishi ketmaydi. Ammo bunda preparatning “aybi” bo’lmaydi, chunki ko’z yoshini o’rnini bosuvchi vositalar turli ta’sir ko’rsatuvchi tarkibga ega, ularning har biri o’z qo’llanish sohasiga ega va turli holat uchun tavsiya etiladi. Shu sababli ko’z qurishini davolash uchun preparat sotib olishdan oldin oftalmologga tashrif buyurish zarur. Shifokor shikoyat aynan nima bilan: gorsmonal o’zgarishlar, ko’z yosh ishlab chiqarilishinig buzilishi, ko’z bezlari muammolari, yallig’lanish mavjudligi, linzadan notug’ri foydalanish, ko’zoynakning nomuvofiqligi, ko’rish yuklanmasining xususiyatlari yoki boshqa omillar bilan bog’liqligini aniqlaydi. Shuningdek mutaxassis maxsus test yordamida ko’zning namlanganlik darajasini aniqlaydi. Shunday keyingina u yoki bu yosh o’rnini bosuvchi preparatni tayinlaydi.
Masalan, Kationorm preparati ko’z qurishi sindromi uzoq vaqtdan beri aniq ifodalanib kelayotganlarga tayinlanadi. Ushbu tomchilarning xossasi shundaki, ular ko’z sathini shunchaki namlabgina qolmasdan, ko’z pardasining uchchala qatlamini ham tiklashga yordam beradi. Kationorm blefaritga chalinganlar uchun, uzoq vaqtdan beri kontakt liza taqadiganlar va bunda noxushlik his qiladiganlar, ko’zning qurishidan, organizmdagi keksalik o’zgarishlaridan, yoki gormonal dorilar ta’siridan shikoyat qiladiganlar, konservantlar qo’shilgan ko’z preparatlarini doimiy qo’llaydiganlar uchun tayinlanadi. Kationormda konservantlar mavjud emas va uzoq muddat davomida ko’z sathini samiarali namlantirish va KQS barcha ko’rinilishlaridan qutulish maqsadida qo’llanishi mumkin.
Gialurin kislotasi saqlovchi ko’z tomchilarini ko’z qurishi sindromi borasida ilk bora, yoki har zamonda shikoyat qiluvchi kishilarga tavsiya etiladi. Bunday preparatlardan biri – yuqori molekulyar massali gialurin kislotasi mavjud Okutiarzdir. Bu tomchilar konservantlar saqlamaydi, uzoq vaqt foydalanilishi mumkin, ko’zlarni yaxshi namlantiradi va muguzdagi ko’z yosh pardasini uzoq muddatga qayta tiklaydi. Okutiarz linza taqishni yaqinda boshlagan va ko’zdagi noxushlikdan shikoyat qilayotgan, oftalmologik operatsiyadan chiqqan, ish kuni oxirida yoki ko’zning zo’riqishidan keyin ko’zlarida yoqimsiz his paydo bo’ladiganlarga tayinlanadi.
Odatda ko’z yosh o’rnini bosuvchi vositalarni kuniga bir necha mahal tomiziladi, biroq ba’zilar ish xususiyati yoki kun tartibiga ko’ra ko’z tomchisini kun davomida tomizish imkoniyatiga ega emas. Bu holda Oftagel preparati qulay, uni kuniga bir mahal uyqudan oldin qo’llash mumkin. Oftagel shuningdek ko’z qurishi sindromida ko’zning ko’p yoshlanishidan ozor chekuvchilarga tavsiya etiladi.
Ba’zan KQS holatida ko’z yoshi o’rnini bosuvchi doridan boshqa preratalar ham tayinlanadi. Bu simptomlarning qanchalik ifodalanganligi bilan, yondosh kasalliklar mavjudligi va boshqa omillar bilan bog’liq. Turli bosqichda davolash sxemasiga quyidagilar ham kiritilishi mumkin:
“Ko’z qurishi sindromi” tashhisi qanday aniqlanadi
Oftalmolog patsientdan uning shikoyatlarini, ko’z yuklanmalari, surunkali kasalliklar bor-yo’qligini, qabul qilayotgan dorilarini so’raydi. tekshirayotgan ko’zning shikastlanganlik ehtimoliga e’tibor beradi, ko’z sathining holatini baholaydi, muguz sathi namlanishi yetarli ekanligini aniqlovchi testlar o’tkazadi. Olingan ma’lumotlar asosida “ko’z qurishi sindromi” tashhisi qo’yiladi.
Mashq 1: ko’zingizni yumib, kaftingiz bilan yoping, bir necha soniya yengil bosib turing.
Mashq 2: uzoq masofadagi predmetni tanlang, unga 15 soniya tikilib qarang; keyin ko’rsh diqqatingizni yaqin joydagi predmetlarga qarating.
Mashq 3: ochiq ko’zingiz bilan doira bo’ylab aylantiring, nigohingizni yuqori qarating, pastga boqing, keyin o’ngga-chapga qarang, dioganal bo’yicha harakatlintiring, bunda boshingizni qimirlatmang.
Kontakt linzalarni qanday tanlash va ulardan foydalanish
Agar siz allaqachon kontakt linzalardan foydalansangiz, unda siz ular ikkita asosiy guruhga bo’linganligini bilasiz: bir kunlik va muntazam almashtirish. Agar siz ushbu ko’rishni to’g’rilash mahsulotiga o’tishni rejalashtirmoqchi bo’lsangiz yoki ob’ektiv turini o’zgartirishni o’ylayotgan bo’lsangiz, quyidagi ma’lumotlar foydali bo’ladi.
Kundalik linzalar har doim bir martalik bo’ladi va ularni bir necha kun ishlatib bo’lmaydi. Ular steril pufakchalarga qadoqlangan. Bunday linzalarni kiyish muddati bir necha soatdan bir necha kungacha. Ular ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan vaqt davomida kiyib olinadi va olib tashlanmaydi va ular qayta ishlatilmaydi. Ushbu linzalar ishlab chiqarilgan material ularni qancha vaqt kiyish mumkinligini belgilaydi.
Muntazam ravishda almashtiriladigan linzalar juda mashhur, chunki ularni ertalab qayta ishlatish va kechqurun olib tashlash yoki bir necha kunga qoldirish mumkin. Ushbu linzalar maxsus eritma bilan idishlarda saqlanadi. Ushbu linzalarni to’g’ri parvarish qilish va ularni ishlab chiqaruvchi tavsiya qilganidan uzoqroq vaqt davomida ishlatmaslik muhimdir.
Ob’ektivlar boshqa mezonlarga ko’ra ham tasniflanadi: material turi, namlik darajasi, almashtirish rejimi va boshqalar./p>
YUmshoq kontakt linzalari: mavjud rusumlari | Linzalarning turlari | Foydalanishning o’ziga xosligi, tavsiflari |
---|---|---|
Materialiga ko’ra |
|
Silikon-gidrogelli linzalar ko’zga kislorod yetib borishi jihatidan afzal hisoblanadi. Ayni vaqtda gidrogellilinzaga nisbatan ko’proq noxushlik tug’dirishi mumkin. |
Dioptriyligiga ko’ra | - 12 dan +12 dioptrigacha - Nostandart, buyurtma asosida tayyorlangan | Ko’rishni adekvat muvofiqlashtirish uchun zarur bo’lgan linzaning egiklik kuchini linzani tayinlayotgan oftalmolog belgilaydi. Ulardan uzoqni yaxshi ko’ra olmaslik, yaqinni yaxshi ko’ra olmaslik va astigmatizm holatida foydalanish mumkin. |
Refraksii buzilishi turiga ko’ra |
|
YAqinni yaxshi ko’ra olmaslik va uzoqni yaxshi ko’rmaslik sferik, astigmatizm esa, torik, keksalikda yaqinni yaxshi ko’rmaslik (presbiopiya) – multifokal kontakt linzalari yordamida muvofiqlashtiriladi. |
Namlik saqlashiga ko’ra | 30 dan 80% gacha namlik | Linzalarda namlik saqlanishi qanchalik yuqori bo’lsa, kislorodni shunchalik kam o’tkazadi. Linzalarni tanlash xususiy tartibda amalga oshiriladi. |
Linzaning egriligiga ko’ra | 8,3 dan 9,0 gacha | Linzaning qiyshikligi ko’z muguzining tabiiy qiyshiqligiga ko’ra aniqlanadi. Ushbu ko’rsatkich oftalmolog tomonidan o’lchanadi va natijasiga bog’liq tarzda tegishli linzani yozib beradi. Agar linzaning qiyshiqligi muguz ko’rsatkichlari bilan mos bo’lmasa, linzani taqib yurishda noxushlik paydo bo’lishi va ko’rishning istalgan ziyrakligiga erishilmasligi mumkin. |
Almashtirish rejimiga ko’ra |
|
Bir kunlik linzalardan foydalanish qulay, ular uchun saqlash qoidalari talab etilmaydi, ammo rejali almashlanadigan linzalarga nisabatan qimmatga tushadi. Rejali almashtiriladigan linzalar ishlov berish va tozalash bo’yicha malaka bo’lishini talab qiladi, ularni masus eritmali konteynerlarda saqlash kerak. |
Taqib yurish rejimiga ko’ra |
|
Kunduzi tutiladigan linzalar kechasi yechib qo’ylishi shart, uzluksiz taqiladigan linzalarda uxlash ham mumkin. Odatda uzluksiz taqiladigan linzalar kislorod o’tkazuvchanlik bo’yicha yuksak ko’rsatkichlarga ega bo’ladi. Shunga qaramay, ularni bir necha sutka davomida taqib yurilganda ko’zlar qizarishi, bezovtalanish paydo bo’lishi mumkin. Bunday turdagi linzalarni taqqanda infeksiyali va boshqa asoratlar tez-tez kuzatiladi. |
Kontakt linzalardan foydalanish mas’uliyatni talab qiladi. Ob’ektivni qanday qilib to’g’ri kiritish va olib tashlashni o’rganish nafaqat muhimdir, garchi bu ko’pincha yangi boshlanuvchilar uchun muammo bo’lsa. Qo’l gigienasini yoki linzalarni o’zlari kuzatib bo’lmaydigan holatlarda, linzalarni ishlatish uchun barcha qoidalarga rioya qilish, har xil turdagi linzalarni faqat o’z maqsadlari uchun va faqat ishlab chiqaruvchi tomonidan tavsiya etilganidek ishlatish juda muhim. Zarar ko’rgan linzalarni kiymaslik kerak.
Agar kontakt linzalardan foydalanishni boshlagan bo’lsangiz, ular ikki asosiy guruhga: bir kunlik va rejali almashtiriladigan linzalarga bo’linishini bilasiz. Ko’rishni muvofiqlashtirishning ushbu vositasiga o’tishni yoki linza turini almashlashni endi mo’ljallayotgan bo’lsangiz, quyidagi ma’lumotlar foydadan xoli bo’lmaydi.
Bir kunlik linzalar hamisha bir martalik, ularni bir necha kun taqib bo’lmaydi. Ular sterillangan blisterlarga joylangan. Bunday linzalarni taqib yurish muddati bir necha soatdan bir necha sutkagacha bo’lishi mumkin. Ularni taqib olgach ishlab chiqaruvchi ko’rsatgan vaqt davomida yechmaydilar, va takror ishlatmaydilar. Ularning taqib yurish muddati tayyorlangan materialiga bog’liq.
Rejali almashtiriladigan linzalar ularni ko’p martalab, ertalab taqib, kechqurun yechib, yoki bir necha kun davomida yechmasdan taqish mukinligi sbabli ko’proq ommalashgan. Bunday linzalar mahsus eritmali konteynerda saqlanadi. Linzalarni to’g’ri asrash, ishlab chiqaruvchi ko’rsatganidan ortiq taqmaslik muhim.
Linzalar shuningdek boshqa mezonlarga ko’ra bo’linadi: materiali, namlik saqlashi, almashtirish tartibi va h.k.
Sinovdan o’ting va sizga nima to’g’ri kelishi mumkinligini bilib oling.
Kontakt linzalardan foydalanishning mas’uliyati bor. Linzani to’g’ri taqib olish va yechishni o’rganishning o’zi kifoya emas, holbuki yangi taqa boshlaganlarga shuning o’zi katta muammo bo’lib tuyuladi. Aslida linzadan foydalanishning barcha qoidalariga rioya etish muhimroq, turli rusumdagi linzalardan faqat shifokor tayinlagada hamda faqat ishlab chiqaruvchi tavisyasiga muvoiq foydalanish, shamollaganda, qo’l gigiyenasiga rioya etish iloji yo’q sharoitlarda linza taqishni to’tatib turish. Shikastlangan linzalarni taqib yurish mumkin emas.
E.A. Egorov, “Kontakt linzalarni taqish bilan bog’liq quruq ko’z sindromi. Terapevtik yondashuv xususiyatlari «, Klinik oftalmologiya No5, 2018, 2 – 5 betlar
2004 Annual Report. Contact Lens Spectrum’s annual report of major corporate and product developments and events in the contact lens industry in 2004, as well as predictions for 2005.
2009 yilda «Bulletin of Optometry» jurnali tomonidan o’tkazilgan so’rov natijalari bo’yicha Rossiya kontakt linzalari bozorini tahlil qilish