Ko’rish qobiliyatingizni tekshirib ko’ring

Miopiya va gipermetropiya

Odatda refraksiyasi buzilgan kishilar ko’rish borasida muammolari borligini baladilar. Bu narsa ko’pincha bolalik paytidayoq aniqlanadi va katta yosh bo’lguncha bu odam ko’rishni muvofiqlashtiruvchi vositalarni tanlagan holda hamda muvofiqlashtirish uchun o’ziga qanday vosita kerakligini aniq tushungan holda kirib keladi. Ammo ko’rish ziyrakligi yoshi kttarib qolgandan keyin sodir bo’lsa, atrofdagi “tasvirda” nimadir o’zgarib qolganini ba’zan sezmay qolish mumkin. Ko’pchilik yomonroq ko’radigan bo’lib qolgandek tuyulsada, aslida bu charchoq bo’lishi ham mumkin. Ko’rish qobiliyati rostdan pasayganini aniqlashning oddiy usuli mavjud. Biz taklif etayotgan testlar uy sharoitida ko’rsh o’tkirligini taqriban aniqlash imkonini beradi. Yillar o’tishi bilan ko’rish qobiliyati o’zgaishi sababli sizga muayyan belgilangan vaqtlarda, maslan har 6 oyda uy sharoitida ana shunday testdan o’tib turishni taviya qilamiz. Bu sizga o’zgarishlar haqiqatan ham bor yoki yo’qligini, uzoqni yoki yaqinni yaxshi ko’ra olmaslik kuchayayotganini, ko’zaynak yoki kontakt linzaga buyurtma berish yoki almashtirish kerakmi ekanligini bildiradi. Ko’rishning aniq tashhisini siz faqat oftalmologga tashrif buyurib olishingiz mumkin. Uydagi test bu ishni qachon qilish kerakligini ko’rsatadi.

Ko’rish ziyrakligini aniqlash uchun Sivsev jadvali

Refraksiyasi buzilgan har qanday odam bu jadvalning avvalgi ikki satrini yoddan biladi: : «SH, B, M, N, K» – deyarli har bir ko’zoynaq taquvchi ularni qarmasdan aytib bera oladi. Bu dajval hanuzgacha har bir oftalmologiya kabinetida bor. Uning o’rnini elektron qurilmalar egellagan bo’lsada, Sivsev jadvali yordamida patsient uchun tanlangan ko’zoynak yoki linza qulay yoki noqulayligini teshirish oson. Shuningdek ushbu jadval yordamida uy sharoitida ham ziyraklikni tekshirish mumkin.

 

Sivsev jadvali uzoqni yaxshi ko’ra olishni tekshirish uchun qo’llanadi. U o’n ikki satrdan iborat bo’lib, ulrning har birida turli o’lchamdagi, tepada eng kattalri va har keyingi satrda tobora kchirayib boruvchi harflar joylashgan. Har bir satrning chap tarafida – D qiymati (odam ana shu satrni ko’rishi va belgilarni jarata olishi kerak bo’lgan masofa metrda) va o’ng tarafida V qiymati (shartli birliklardagi ko’rish ziyrakligi; 5 metr masofadan yaxshi ko’rinayotgan satr kishining ko’z o’tkirligiga mos keladi). Harflarning eng tepadagi satri katta o’lchamdagi “SH, B” harflarini yaxshi ko’radigan (yoki ko’rishi to’g’ri muvofiqlashtirilgan) odam 50 m masofdan ko’ra olishi kerak. Eng pastdagi mayda harflarni yaxshi ko’radigan odam 2,5 m masofdan ko’ra oladi.

Kabinetda yoki uyda ziyraklikni 5 m masofdan tekshiriladi. Tekshirish uchun avval chap ko’zni bekitib turib, o’ng ko’z bilan jadvalga qarash, keyin o’ng ko’zni bektib turib chap ko’z bilan qarash kerak. Tepasatrni o’qishga harakat qilib ko’ring. Agar ko’rinmasa, jadvalga to aniq ko’ringuncha yaqinroq keling. Ziyraklik ko’rsatkichini aniqlash uchun “d” namoyon bo’ladigan formula qo’llanadi: bu jadval bilan unga qarayotgan odam uning tepa qatoridagi belgilarni yaxshi ko’ra oladigan joy o’rtasidagi masofa. Formula quyidagi ko’rinishga ega: V = d/D. Siz o’zingizga yaxshi ko’rinadigan masofani jadvalda satrning chap tarafida berilgan masofaga taqsimlashingiz kerak, shunda o’z ziyraklik ko’rsatkichingiz V ning qiymatini topasiz.

Ko’rish ziyrakligini aniqlash uchun Orlova jadvali

Bu jadval yordamida bolalar yoki o’qishni bilmaydigan kattalarning ko’rish ziyrakligi tekshiriladi. Tekshirish tamoyili bu holda ham xuddi Sivsev jadvalidagi kabi. Ammo gap bolalar to’g’risida ketayotgani sababli, bolani jadval oldiga olib kelib, tasvirdagi predmetlarning nomini aytish iltimos qilinadi. Bu bola ko’rayotgan narsasini katta masofadan qanday atashini bilish uchun zarur. Bundan tashqari jadvalning oldida bolaga nima qilish kerakligini tushuntirish oson.
Bolalar bitta vazifani diqqat markazida tutishga qiynaladi, shu sababli ularga har bir satrdan bitta surat ko’rsatiladi. Ammo agar satrlardan birontasida bola surat nimaligini ayta olmasa, shu satrning o’zidan keyingi surat nomini so’rash kerak. Ko’rish ziyrakligini aniqlashda bola eng ko’p tasvirlar nomini topgan satrga soslaniladi.

Ko’rish ziyrakligini aniqlash uchun Golovin jadvali

Bu jadval ham avvalgi ikkitasiga o’xshash tamoyilda tuzilgan. ammo undan odatda mustaqil jadval sifatida foydalanilmaydi, balki Sivsev jadvali bilan birga qo’llanadi. Golovin jadvalida harflar o’rniga o’ng, chap, yuqori va pastki tarafidan ochiq joyi bor halqalar (Landolt halqalari) ko’rsatilgan. Bu jadvaldan Sivsev jadvali yordamida olingan natijalarni aniqlashtirish uchun foydalaniladi.

Refraksiya buzilishining turini aniqlash uchun duoxrom test

Duoxrom testni shifokor qabulida natijani aniqlash usuli sifatida qo’llanadi, ammo onlayn tarzda ham ko’p foydalaniladi. Duoxrom test – turli o’lchamdagi matn yoki harflar bo’lib, qizil yoki yashil fonda joylashtirilgan bo’ladi. Ba’zan rangli fonda Landolt halqalarini yoki raqamlarni joylashtirish ham mumkin. Refraksiya buzilishining turi siz tasvirlarni qizil yoki yashil fonda yaxshiroq ko’rayotganigizga qarab aniqlanadi. Agar qizil fonda yaxshi ko’rinayotgan bo’lsa, tasvir to’rpardada fokuslanayotgan bo’ladi va uzoqni yaxshi ko’ra olmaslikni bildiradi. agar yashil fonda yaxshiroq ko’rinayotgan bo’lsa, bu tasvirning to’rparda ortida fokuslanayotganini, ya’ni yaqinni yaxshi ko’rmaslik mavjudligini ko’rsatadi. Ziyraklik yaxshi holatda bo’lsa, harflar, belgilar yoki halqalar har qanday fonda ham aniq ko’rinadi. Oftalmolog qabulida duoxrom testi yordamida ko’rish to’g’ri muvofiqlashtirilganligi tekshiriladi.

Astigmatizm mavjudligini aniqlash testi

Astigmatizm – bu refraksiyaning buzilishi bo’lib, muguz sferik shaklda bo’lmagan (noto’g’ri) holatlarda, ba’zan ko’z qorachig’ining shakli nto’g’ri bo’lganda vujudga keladi. Astigmatizmda bitta tasvirning qismlari to’rpardaning oldida yoki orqasida fokuslanishi va shu sababli tasvir noaniq yoki xira ko’rinishi mumkin. Astigmatizm ko’pincha miopiya (uzoqni yaxshi ko’rmaslik) yoki gipermetropiya (yaqinni yaxshi ko’rmaslik) bilan hamroh bo’ladi.

Muguzning noto’g’ri shaklda ekanligiga oftalmolog-shifokor tashhis qo’yadi, biroq uy sharoitida ham astigmatizm bor-yo’qligini tekshirib mumkin. Buning uchun “Simens yulduzi” testidan foydalaniladi. Bu oq fondagi qora nurli diametri 10 sm aylanadir. Astigmatizmdan tashqari bu test uzoqni yoki yaqinni yaxshi ko’rmaslik mavjudligini ham aniqlaydi, ya’ni refraksiya buzilishini tuliq tavsiflash imkonini beradi. “YUlduz”ning nurlari qay tarzda xiralashayotganiga qarab, sizda astegmatizm bor-yo’qligini anilash mumkin. Bu testdan onlayn o’tish uchun ekranni maksimal darajad yorug’ holatga keltiriladi, ziyraklikni kunduzgi yorug’likda, ko’zoynak yoki kontakt linza taqmasdan tekshirish lozim.

Ranglarni ajratish buzilishini aniqlash testi

Ranglarni ajratish buzilganligi ko’pincha bolalik vaqtidayoq bilinadi – ota-onalar farzandlari qaysidir rangni ko’rmayotganini yoki “aralashtirib” yuborayotganini sezadilar. kamdan-kam holatlarda ranglarni ajratish buzilishi yetuklik yoshiga yetguncha aniqlanmay qolishi mumkin. Ranglar to’g’ri qabul qilinishini tekshirish uchun uydaRabkin jadvali deb nomlanuvchi rasmlar to’plamidan foydalanish mumkin. Bu ko’plab kichik halqachalardan iborat rasmlar bo’lib, ulardan bir qismi asosiy rangni, boshqa rangli qismi esa asosiy doira ichidagi raqamni ko’rsatadi.

Ranglar me’yorida qabul qilinganda halqalar ichidagi raqamlar oson ajratiladi. Testdan kompyuter monitorida, kunduzgi yorg’likla onlayn o’tish mumkin.

Ko’rish ziyrakligini tekshirish uchun boshqa imkoniyatlar va testlar

Ko’rishni aniq tekshirish va ko’rishni optimal muvofiqlashtirish usulini tanlash uchun refraksiya darajasini aniqlash faqat oftalmolog qabulida amalga oshiriladi. Ayrim testlar, jadvallar yoki maxsus tuzilgan to’plamlarni asosan oftalmologik klinikalar yoki kabinetlarda uchratish mumkin. Quyida ulardan ayrimlari keltirilgan.

Polyak optotiplari

Ushbu uslub sovet oftalmologi Boris Polyak tomonidan ixtiro qilingan va harbiy-tibbiy hamda tibbiy-ijtimoiy ekspertizada foydalanilib, kishining harbiy xizmatga yaroql ekanligiyoki nogironligi aniqlangan. Optotiplar plakatda tasvirlangan halqalar, shtrixlar, yo’l chiziqlar bo’lib, ular patsientning ko’ziga yaqin keltirilib tekshiriladi. Optotiplar refraksiya buzilishini faqat muayyan diapazonda buzilishini aniqlaydi, bu usuldan hozirda deyarli foydalanilmaydi.

Snellen jadvali

Bu jadval 1862 yila ishlab chiqilgan, uning muallifi golland oftalmologi Xermann Snellendir. Jadval qatorga joylashtirilgan lotin harflaridan tashkil topgan bo’lib, ularning o’lchami yuqori qatordan pastga qarab kichrayib boradi. Jadvalda jami 11 qator mavjud, eng tepasidagini zirakligi yaxshi odam 60 m masofdan o’qiy oladi. Ko’rishni Snellen jadvali asosida tekshirish Sivsev jadvali bo’icha tekshirishga o’xshab ketadi. Ammo u lotin hafrlaridan tuzilgani, jadvaldagi masofalar futlarda ko’rsatilgani sababli, undan faqat ayrim g’arb davlatlarida foydalaniladi.

Amsler to’ri

Ko’rishning markaziy sohasini tekshirish bo’yicha ushbu usulning muallifi shveysariyalik oftalmolog Mark Amslerdir. Bu tasvir yordamida kishi o’zidagi o’ta xavfli bo’lgan, masalan, yoshga oid makulyar degeneratsiya kabi ko’rish patalogiyasini o’zi tashhis qilishi uchun foydalanish mumkin. Ma’lumki ushbu kasallik ko’rishning to’liq yo’qotilishiga olib kelishi mumkin. Kasallik qanchalik erta aniqlansa, atrofdagi dunyoni ko’ra olish qobiliyatini saqlab qolish imkoniyati shunchalik ko’proq. Agar siz Amsler to’rini buzilishlarsiz, dog’larsiz yoki siljishlarsiz ko’rayotgan bo’lsangiz, markaziy ko’rish sohasi buzilmagan. Biroq testdan muvaffaqiyatli o’tilishi kasallik yo’qligini yuz foiz kafolatlamaydi. Keksalik yoshida kasallik boshlanishini o’tkazib yubormaslik uchun doimiy oftalmolog ko’rigidan o’tib turish tavsiya etiladi. Amsler to’ri – muammoni uy sharoitida vaqtida aniqlash vositasi xolos.

RORBA jadvallari

Bu bir necha jadvaldan iborat to’plam nomi mualliflari: Rozenblyum, Ovechkin, Roslyakov, Bershanskiy va Ayzenshtatning birinchi harflaridan olingan. Jadvallar ikki varaqdan iborat bo’lib, ulardagi tasvirlan refraksiyaning turli darajasini aniqlash uchun ajratilgan. RORBA jadvallarini rus alfavitidagi harflar bilan ham (bu harflar Sivsev jadvalidagi kabi yettita emas, balki 11 ta), shuningdek lotin imlosidagi harflarda yoxud landolt halqalari bilan ham chiqariladi.

Beyli-Louvi jadvali

1976 yilda oftalmologlar Beyli va Louvi tasvirlarning kichraytirilishida 1,26 qiymatiga ega geometrik progressiyadan foydalanishni tavsiya etishdi. Amalda bu quyidagicha ko’rnishga ega: har bir satrda faqat harflarning o’lchamigina kichrayib qolmasdan, ularning orasidagi masofa ham qisqaradi. Natijada jadval ag’darilgan uchburchak shakliga ega bo’ladi. Ko’rish ziyrakligini bu jadval asosida hisoblash muayyan formula bo’yicha bajariladi.

Oftalmologga borish kerakligini qanday aniqlash mumkin?

Ko’rishni tekshirish uchun tuzilangan har qanday jadval ham uy sharoitida refraksiya buzilishi to’g’risida tahminiy tasavvur hosil qiladi. Ko’rishni muvofiqlashtirish keakmi, va qay tarzda degan masala faqat oftalmolog qabulida hal etiladi. Muhimi, agar ko’rish bo’yicha uy sharoitidagi yoki onlayn tarzda o’tkazilgan testlar sizning ko’rishingiz yomonlashganini ko’rsatgan bo’lsa, shifokorga imkon qadar ertaroq murojaat etish kerak. Agar hech qanday shikoyat tug’ilmagan bo’lsa, oftalmologdan bir yilda bir marta rejali ko’rikdan o’tib turish tavsiya etiladi. Ayniqsa refpaksiyasi yoki ko’z kasali mavjud kishilar, 45 yoshdan o’tganlar shifokor bilan tez-tez maslahatlashib turishi shart.

Taklif etilgan testlardan o’tish vaftida siz ko’z qurishi, kuzga “qum” tiqliganlik tuyg’usi paydo bo’lsa, ko’zlaringiz yoshlansa yoki qizarsa, yoki shu kabi simptomlarni kompyuterda ishlayotganda, monitorga tikilganda his qilsangiz, sizdan ko’z qurishi sindromi rivojlana boshlagan. U mustaqil patologiya bo’lishi ham, shuningdek boshqa oftalmologik kasalliklarga ergashuchi bo’lishi ham mumkin. Tashhis qo’yish uchun shifokor bilan maslahatlashish zarur. Noxushliklardan qanday preparat yordamida qutulish mumiknligini aniqlash uchun, saytimizdagi testdan o’ting.