Simens yulduzi testi nima?
Refraksiya buzilishining eng aniq tashhisi oftalmolog shiokorning qabulida qo’yiladi. Uzoqni yoki yaqinni yahshi ko’rmaslik yohud astigmatizm darajasini faqat mutahassis belgilashi mumkin va muvofiqlashtirishni ham u pasient bilan maslahatlashib tayinlaydi. Biroq agar siz ilgari ko’z oynak taqmagan va ko’rish ziyrakligiga shikoyat qilmagan bo’lsangizu, avvalgidek yahshi ko’rmayotganingizni his qilsangiz, o’z shubhalaringizning asosliligini uy sharoitida tekshirib ko’rish mumkin. Simens yulduzi testi optimal imkoniyatlarga ega. Simens yulduzi – diametri 10 sm bo’lgan aylana. Uning 54 tu nuri bo’lib, ular markazga tobora torayib boradi. Barcha nurlar bir hil uzunlikda, kenglikda va qora rangli, yulduz oq fonda tasvirlangan. Simens yulduzi asosan astigmatizmni tashhislash uchun ishlatiladi. U ko’pincha uzoqni yoki yaqinni yahshi ko’ra olmaslik bilan birga kechadi. Astigmatizm mavjudligini va ko’rishni muvofiqlashtirish usuli oftalьmolog qabulida aniqlanadi. Ammo ba’zan astigmatizm refraksiya buzilishining mustaqil ko’rinishi sifatida namoyon bo’ladi. Sizda astigmatizm yo’qligiga ishonch hosil qilish uchun testdan o’ting, agar test natijasi sergaklatirsa, batafsil ko’rikdan o’tish uchun oftalmologga murojaat qiling.
Tasvirni qog’ozga chop etib chiqarish ham, monitordagi tasvirdan ham foydalanish mumkin. Aylana diametri 10 sm ekanligini unutmang. Testni ertalab, optimal – kunduzgi yorug’lik sharoitida, tungi hordiqdan keyin o’tkazing. Agar ko’zoynak yoki kontakt linzasi taqsangiz ularni albatta echib qo’ying.
Tasvir ko’zdan 5 m uzoqlikda joylashtirilishi kerak. Siment yulduziga avval o’ng ko’z bilan 2-3 soniya, keyin chap ko’z bilan tikilib qarang. ko’zingizni ochib tasvirga ikkala ko’zingiz bilan qarang.
Agar chiziqlarning chetlari sizga to’g’ri ko’rinayotgan, markazdan 2,5 sm masofdan boshlab tasvir qorishib ketayotgan va markazga yaqin joyda esa oq rangli bo’lib tuyulsa va tekis aylanaga birlashib ketsa, sizning ko’rish qobiliyatingiz yahshi. Ushbu halqa Simens yulduziga qaysi masofadan qarayotganigizga bog’liq ravishda o’z dametrini o’zgartirishi mumkin. Uzoqni yoki yaqinni yahshi ko’rmaslik holatida nurlar qo’ng’ir fonga qorishib ketadi, refraksiya buzilish darajasiga bog’liq tarzda nurlarning bo’linishi turli intensivlikda ko’rinadi. Astigmatizm holatida tasvir sezilarli darajada buzilib ko’rinadi. Nurlar shaklini o’zgartirishi, egri chiziq hosil qilishi, yo’g’onroq bo’lib ko’rinishi, turli kontrastlikka ega bo’lishi mumkin. Astigmatizm holatida Simens yulduzining markazida qo’ng’ir oval, qora yo’l-yo’l chiziqli mavhum shaklli tasvirlar paydo bo’lishi mumkin. Simens yulduzi nurlarining buzilish darajasi to’g’ridan-to’g’ri astigmatizm darajasi bilan bog’liq.Refraksiyaning bunday buzilishini aniqlashda test etarli darajada mukammal hisoblanadi va oftalmolog qabulida ham, uy sharoitida ham foydalanilaveradi.
Refraksiya darajasini faqat oftalmolog shifokor qabulida aniq belgilash mumkin. Agar siz keyingi vaqtlarda o’zingizni yomonroq ko’rayotgandek his qilayotgan bo’lsangiz, ko’zoynak yoki kontakt lizasi orqali ko’rish darajasi o’zgargan bo’lsa, ko’zlaringiz te toliqib qolayotgan, ko’z usti quruqshayotgan va nohushlik sezilayotgan bo’lsa, ko’rsh ziyrakligingizni va ko’zingizning salomatligini aniq tashhislash uchun mutahassisga murojaat eting. Ko’z qurishi sindromiga shikoyat paydo bo’lsa siz Santen kompaniyasi preparatlaridan foydalanishingiz mumkin.
Bizning testimiz «Sizga nima to’g’ri kelishini bilib oling» sizga mos vositani tanlashda yordam beradi, ammo uni ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashishni tavsiya etamiz.